Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Namangan viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Namangan viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari

Ma’lumki, joriy yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha muhim sohalarni qamrab olgani holda izchillik bilan ravnaq topayotgani qayd etilgan edi.

Shu bilan birga, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning hududlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish muhimligi ham alohida ta’kidlangandi.

Bu yo‘nalishdagi munosabatlarni rivojlantirish, ikki mamlakatning o‘zaro aloqalari ko‘lamlarini yanada kengaytirish maqsadida qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ni hayotga tadbiq etish doirasida joriy yil 17-20 iyul kunlari O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizdan navbatdagi – Namangan viloyati hokimi X.Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi uyushtirildi.
O‘zbekiston vakillarining safari Shandun provinsiyasi vitse-gubernatori Jen Ayjun bilan uchrashuvdan boshlandi. O‘zaro fikr almashuvlar chog‘ida ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ko‘lamlarini yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Biznes-forumda mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika kabi sohalardagi imkoniyatlari xususida atroflicha so‘z yuritildi. Xitoy ishbilarmonlari mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kafolatlari, «Navoiy», «Jizzax», «Qo‘qon», «Urgut», «G‘ijduvon», «Hazorasp», «Angren» va «Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonalaridagi katta qulaylik va imtiyozlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’lumot tariqasida shuni ham qayd etish joizki, Xitoyning sharqiy hududida joylashgan va 104 million aholiga ega bo‘lgan Shandun provinsiyasi 139 tumandan iborat bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan biri hisoblanadi. 2017 yili provinsiyaning yalpi ichki mahsuloti 1,2 trillion AQSh dollaridan ziyodni tashkil etdi. Koreya Respublikasi, Yaponiya, Gongkong, AQSh, YeI, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Malayziya va Indoneziya provinsiyaning yirik sarmoyador mamlakatlari hisoblanadi. Chet el kapitali asosan energetika jabhasi, baliqchilik sanoati, kemasozlik, farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maishiy elektr uskunalari ishlab chiqarish va mashinasozlik sohalariga yo‘naltirilgan.

Shandun Xitoyning yetakchi energetika o‘lkalaridan biri bo‘lgani barobarida bu yerda yog‘ochni qayta ishlash, tog‘-kon, mebelsozlik sanoati, qishloq xo‘jaligi, qimmatli metallar ishlab chiqarish ham ravnaq topgan.

Amaliy safarning ikkinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Sindao shahri meri Men Fanli, shuningdek, shahardagi qator kompaniyalarning rahbarlari bilan uchrashdilar.

So‘ngra Sindaodagi Xalqaro forumlar saroyida Namangan viloyati va Sindao shahri ishbilarmon doiralarining 200ga yaqin vakili ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida mamlakatimizning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi Xitoy ishbilarmonlarining o‘zaro hamkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirayotgani e’tirof etildi.

Yirik port shahar hisoblanadigan Sindao Xitoyning harbiy bazasi va sanoat markazidir. 1994 yili Sindao mamlakatning asosiy 15ta shahri ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, hozirgi paytda XXRning rivojlangan o‘nta shahri qatoridan joy olgan.

Shaharda ko‘plab banklar, yirik ishlab chiqarish firmalari hamda xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalari joylashgan. Sindao iqtisodiyoti Haier, Ichjun, Aokema, “Ikki yulduz”, “Sindao pivosi” singari korporatsiyalar hamda Hisense singari yirik kompaniyalar va boshqa keng miqyosli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan korxonalariga tayanadi. Ularning daromadi Sindao iqtisodiyoti barcha daromadlarining 50 foizini tashkil etadi.

Elektronika, mashinasozlik, neft, kauchuk va kimyo sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, ichimliklar, elektr texnikasi ishlab chiqarish, to‘qimachilik, dengiz mahsulotlari va metallurgiya industriyasi singari tarmoqlar Sindao shahrining sanoat iqtisodiyotida asosiy o‘rinni egallaydi.

Xulosa o‘rnida shuni ham alohida qayd etish o‘rinliki, Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan biri sanaladi. Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari borasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan savdo, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilishga oid bitimlar savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda.

UzA