Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Namangan viloyati faollari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Namangan viloyati faollari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda

Namangan shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yigʻilish boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarini tahlil qilib, yangi vazifalarni belgilab bermoqda.

— Oʻtgan yili qanday natijalarga erishdik, odamlar hayotida nimalar oʻzgardi, degan savol hammamizni qiynashi kerak. Bu savollarga javob topish uchun har kuni izlanishimiz, zamon talablarini oʻrganib, ilm bilan, aql bilan mehnat qilishimiz zarur. Shunda iqtisodiyotimiz raqobatbardosh boʻladi. Nima degani raqobatbardosh? Chet elda bozor topish, dunyoga munosib boʻlish degani. Qachon munosib boʻladi? Ilgʻor texnologiya boʻlsa, ularni ishlata oladigan yoshlarimiz boʻlsa, sifat boʻlsa, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yigʻilishda 2018 yilda umumiy qiymati 1,8 trillion soʻm boʻlgan 577 ta ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari ishga tushirilgani, investitsiyalar hajmi 1,7 barobarga oshgani qayd etildi.

Shu bilan birga, Namangan viloyatini rivojlantirish boʻyicha mavjud imkoniyatlar va rezervlar toʻliq ishga solinmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Oʻtgan yili yalpi hududiy mahsulot oʻsishi respublika koʻrsatkichidan 2 barobar past boʻlgani, qishloq xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaygani tanqid qilindi.

OʻzA