NAMANGAN VILOYATIDA QISHKI SUZISH HAVZASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Namangan viloyati Chust tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining yangidan bunyod etilgan zamonaviy suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
Yangi suv sporti inshootining ochilish marosimida viloyatda sportning barcha turlari rivojlanayotgani, namanganlik sportchilar erishayotgan yuksak marralar mamlakatimizda sportning ommaviyligini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar samarasi ekani ta’kidlandi.
– Mamlakatimizda sport, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish, sport inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yosh avlodning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Chust tumani vakili Abduqayum Abdusamadov. – Jamg‘arma tashkil etilgandan buyon o‘tgan yillar davomida tumanda 11 bolalar sport inshooti barpo etildi. Ayni paytda ularda 6 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 29 mingga yaqin yoshlar, jumladan 19 mingdan ziyod qizlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Zamonaviy qurilish texnologiyalari asosida barpo etilgan mazkur suzish havzasi sportsevar yoshlar uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.
“Kosonsoy qurilish servis” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etilgan qishki suzish havzasiga jamg‘arma hisobidan 3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Suvni isitish, tozalash va yangilab turish ilg‘or va tejamkor texnologiyalarga asoslanadi. Kiyinish, yuvinish xonalari zamonaviy jihozlangan, sportchi va murabbiylar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.
O’zA