Namangan-Xitoy: ilmiy hamkorlik sari yana bir qadam
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoy Fanlar akademiyasi Kunming Botanika institutining direktori professor Sun Xang ilmiy-amaliy tashrif bilan Namanganda bo‘ldi.
Namangan Davlat universitetida Sun Xang bilan tashkil qilingan ilmiy davra suhbatida Kunming Botanika instituti gerbariy kuratori Deng Tao, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori Komiljon Tojiboev hamda har ikkala mamlakat nufuzli ilm-fan muassasasining ilmiy xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda akademik K.Tojiboev hamda Sun Xangning strategik sherikchilikni yo‘lga qo‘yish, Kunming Botanika institutining Markaziy Osiyo hududida olib borayotgan ilmiy tadqiqotlar mazmun-mohiyati, ikki nufuzli ilmiy muassasaning o‘zaro hamkorligi ahamiyati va undan ko‘zda tutilgan maqsadlar mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Mazkur masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda Namangan Davlat universiteti va Kunming Botanika instituti o‘rtasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash va boshqa tegishli yo‘nalishlarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
So‘ngra mehmonlar Namangan davlat universitetining fundamental kutubxonasi, ilmiy laboratoriyasi, muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
O‘zA