Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NAMANGANDA “ISTIQLOL FARZANDLARI” YOSHLAR FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NAMANGANDA “ISTIQLOL FARZANDLARI” YOSHLAR FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur festivalda turli tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iste’dodli yoshlar ishtirok etdi.

Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan doimiy e’tibor ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishida yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirga viloyat bo‘yicha 15 mingdan ziyod yoshlar jalb etildi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan viloyati kengashi raisi M.Ubaydullayev. – Festival eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik o‘zgarishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish, ularda daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Navbahor” markaziy stadionida o‘tkazilgan tabdirda taniqli estrada xonandalari va yosh ijrochilarning Vatan, istiqlol, yoshlik tarannumi bilan yo‘g‘rilgan kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi, qit’a va jahon miqyosida O‘zbekiston sharafini ulug‘layotgan sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida fan, sport, san’at, tadbirkorlik, hunarmandlik va boshqa yo‘nalishlarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan 25 yoshga to‘lgan 25 yigit-qiz tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O’zA