Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NAMANGANDA SAYLOV UCHASTKALARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA KO‘RGAZMALI SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NAMANGANDA SAYLOV UCHASTKALARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA KO‘RGAZMALI SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Namangan viloyatida ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Saylovda viloyat bo‘yicha 1 million 771 mingdan ziyod fuqaro ovoz berishi kutilmoqda. Tashkil etilgan 690 saylov uchastkasida ushbu muhim jarayonning tenglik, oshkoralik va demokratik tamoyillar asosida o‘tishini ta’minlash uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

6-Namangan okrug saylov komissiyasi tomonidan Kosonsoy tumanidagi 175-saylov uchastkasida tashkil etilgan va mahalliy hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, o‘quv muassasalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan ko‘rgazmali seminarda bu alohida ta’kidlandi.

Tumanda 128 ming 370 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 5 ming 424 nafari birinchi marta ovoz beradigan yoshlardir. Ovoz berish jarayonini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida saylovchilar uchun har tomonlama qulay va zamonaviy binolarda 48 saylov uchastkasi tashkil etilgan.

– Saylovni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq oshkora va demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish, saylovchilarning o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun saylov uchastkalarida zarur sharoitlar yaratilgan, – deydi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi a’zosi Isroil Mo‘minov. – Mazkur saylov uchastkasi misolida saylov uchastkasini jihozlash, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash, tibbiyot, ona va bola xonalari tashkil etish borasidagi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rgazmalar vositasida ko‘rsatildi.

Ishtirokchilar saylov uchastkasining jihozlanishi, hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘zA