NAMUNALI HARBIY OILALAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab ilk bor Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari oilalari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar uchta shart bo‘yicha bahs olib bordi.
Prezidentimiz rahnamoligida oila institutini rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovining maqsadi ham Vatan himoyachilari oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra, Mudofaa vazirligidan serjant F.Ahmedov oilasi, Ichki ishlar vazirligidan mayor O.Aliqulov oilasi, Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlaridan katta leytenant R.Kenjayev oilasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligidan serjant V.Abduqodirov oilasi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi.
– Yurtimizda azal-azaldan oilaga tarbiya o‘chog‘i sifatida qaralgan, – deydi serjant F.Ahmedov. – O‘g‘il-qizlarimizning hayot haqidagi ilk qarashlari, yaxshilik va ezgulik, mehr-oqibat, or-nomus kabi olijanob tushunchalari aynan ushbu maskanda shakllanadi, rivojlanadi. Odobli, aql-idrokli, bilimli, mehnatsevar farzand esa nafaqat ota-onaning, balki butun bir jamiyatning boyligidir. Prezidentimiz rahnamoligida biz, harbiylar va oila a’zolarimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan barchamiz minnatdormiz. Bu tanlovda qatnashish oilamiz uchun juda qiziqarli va maroqli bo‘ldi. Do‘stlar orttirdik, bilim va malakamizni oshirdik.
G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O’zA