Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NAMUNALI SAYLOV UCHASTKASIDA KO‘RGAZMALI SEMINAR O‘TKAZILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NAMUNALI SAYLOV UCHASTKASIDA KO‘RGAZMALI SEMINAR O‘TKAZILDI

Joriy yil 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Buxoro viloyatida ham puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tayyorgarlik dasturi doirasida Buxoro shahridagi 27-saylov uchastkasida bo‘lajak siyosiy tadbirga hozirlik masalasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarda saylov uchastkalarini tegishli me’yorlar asosida jihozlashning tashkiliy-texnik jihatlari muhokama qilindi.

– Okrug hududida 501 saylov uchastkasi tashkil etilib, ularning manzili, chegarasi belgilandi, saylovchilar ro‘yxati shakllantirildi, – deydi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Qahramon Tursunov. – Saylovlarning demokratik tamoyillarga asoslangan milliy qonunchilik talablariga muvofiq, yuqori saviyada o‘tishida saylov uchastkalarida ish samarali yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyatga ega. Seminarda ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda uchastka saylov komissiyasi raisi, o‘rinbosari va kotibi, umuman, saylov uchastkasi faoliyatining sifat va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan qulayliklar yaratish, jumladan, komputer, internet va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Tibbiyot, ona va bola xonalarini jihozlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu borada Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji binosida joylashgan 27-saylov uchastkasi namunaviy uchastka sifatida taqdimot qilindi.

3-Buxoro okrug saylov komissiyasi saylov uchastkalarida siyosiy tadbirga tayyorgarlik masalasiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Yaqin kunlarda komissiya saylov o‘tadigan binolarda elektr energiyasi, suv va gaz ta’minoti uzluksizligi, inshootlarda texnika va yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlari hisobоtini eshitish rejalashtirilmoqda.

O’zA