Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NARIMON UMAROVNING ANDIJON VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NARIMON UMAROVNING ANDIJON VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 5-noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi P.Asxanov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Nazarov yig‘ilganlarni Narimon Umarovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Narimon Umarov Andijonning har bir hududi o‘ziga xosligi bilan ajralib turishi, jumladan, bugun avtomobil sanoatida maktab yaratgan asakaliklar, yengil sanoatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan birga eksport maydoni kengayib borayotgan Xo‘jaobod tumani, tadbirkorlikda barchaga o‘rnak bo‘layotgan viloyat markazi hamda Andijon va Shahrixon tumanlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ularning samaralarini alohida ta’kidladi.

Andijon viloyati mamlakatimizning maydoni eng kichik, ayni paytda aholi zich yashaydigan hududidir. 2 million 900 mingdan ortiq kishi istiqomat qilayotgan viloyatda uy-joyga bo‘lgan talab va ehtiyoj juda yuqori. Ushbu ehtiyojlardan kelib chiqib, mustaqillik yillarida viloyatda namunaviy loyihalar asosida 5 mingdan ziyod uy-joy qurildi. 2017-2019-yillarda yana 4 ming 220 shunday turar joylar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Dasturda mamlakatimizda aholi nufusi ortib, uning turmush sifati va darajasi yuksalib borayotganidan kelib chiqib, uy-joyga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Uy-joy sotib olish va qurish uchun ajratilayotgan ipoteka kreditlash jarayonini takomillashtirish, uy-joy bozoridagi firibgarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, uy-joy kommunal kompleksi ishini yanada yaxshilash, aholi uchun belgilanayotgan kommunal to‘lovlar miqdorini doimiy nazoratga olish, xizmat ko‘rsatadigan muqobil tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan ustuvor maqsadlar shular jumlasidandir.

Saylovoldi dasturida nomzod demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligiga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mamlakatni modernizatsiya qilishdek ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, yangi avlod kadrlarini tayyorlashga doir masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Andijon shahridagi “Asr farovonlik sari” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi B.Komilov, xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Komilova, Asaka tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori A.Sultonov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Asaka tumani kengashi raisi M.Karimova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA