Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NARIMON UMAROVNING FARG‘ONA VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NARIMON UMAROVNING FARG‘ONA VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 3-noyabr kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Sh.Karimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Xoldorov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Nomzod o‘z ma’ruzasida viloyat ahlining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlaridagi hissasi haqida gapirar ekan, shahar va tumanlarda barpo etilgan ko‘rkam binolar, sport inshootlari, sanoat korxonalari, zamonaviy ta’lim va tibbiyot muassasalari, yangi ko‘chalar viloyat ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga, aholining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Nomzodning saylovoldi dasturida "Ijtimoiy tenglik – teng huquq va teng mas’uliyat demakdir", degan tamoyilga tayangan holda fuqarolarning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tengligi, har bir fuqaro qobiliyati va malakasidan kelib chiqqan holda mehnat qilishi kafolatlanadigan, mehnatining miqdori va sifatiga munosib ish haqi va hayot darajasiga erishishi uchun keng va teng imkoniyatlar yaratilgan ijtimoiy davlat qurish g‘oyasi ilgari surilgan. Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, parlamentarizmni rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oshkoralik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Dasturda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda xodimning haq-huquqlarini to‘laqonli ta’minlash, u bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, xodim mehnatiga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘urta, pensiya ta’minoti talablariga rioya qilmagani va ularni buzgani uchun ish beruvchilar javobgarligining kuchaytirilishini ta’minlash zarurligi qayd etilgan.

Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘ona shahridagi 44-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi D.Bo‘ribekova, Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchisi Sh.Abbosova, Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey direktori F.Abdullazov, viloyat perinatal markazi akusher-ginekologi R.Sulaymonova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA