NARIMON UMAROVNING JIZZAX VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 15-noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Atayev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili D.Hakimova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Nomzod mustaqillik yillarida viloyatning shahar va qishloqlari yangi qiyofa kasb etib, hududda zamonaviy va milliy me’morchilik asosida barpo etilayotgan muhtasham turar joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, madaniyat maskanlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlari xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Dasturda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir g‘oya va takliflar ilgari surilgan. Mahalliy boshqaruv organlari faoliyati samaradorligi va mas’uliyatini oshirish, hududlarning kadrlar siyosatiga doir vakolatlarini kengaytirish, mahalliy davlat hokimiyati idoralari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini xatlovdan o‘tkazish, barcha hududiy davlat hokimiyati organlari rahbarligiga tavsiya etilayotgan nomzodlarni hokimlar bilan kelishish lozimligi qayd etilgan.
Hududda so‘nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, yirik innovatsion loyihalarga asoslangan ko‘plab korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, xususan, xalq xo‘jaligi va kundalik turmushimiz uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning aksariyati Jizzax viloyatida ishlab chiqarilayotganiga e’tibor qaratilgan.
Maxsus kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, unda innovatsion faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, innovatsiya va innovatsion infratuzilmalarning yagona vakolatli organini ta’sis etish, innovatsiya jamg‘armasini tuzish kabi ustuvor vazifalarni belgilash asosiy maqsadlar sifatida ilgari surilgan.
Uchrashuvda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Zafarobod tumani bo‘linmasi raisi Ya.To‘ychiyev, Zafarobod tumanidagi 3-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi D.Chankayeva, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi o‘rinbosari F.Qobilov, Jizzax shahridagi “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Nishonova, Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Xolmurzayev va boshqalar nomzodning dasturi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA