Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NARIMON UMAROVNING QASHQADARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NARIMON UMAROVNING QASHQADARYO VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 2-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi R.Raupov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili K.Saxatov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda ijtimoiy himoya va uning amalda qo‘llanilishiga doimiy e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan. Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish, davlat va jamiyat boshqaruvida aholining munosib ishtirokini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, energiya sarfini iqtisod qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, “Yashil iqtisodiyot”ga va unga mos texnologiyalarga o‘tishni davlat tomonidan keng rag‘batlantirish kabi g‘oyalar ilgari surilgan.

Mamlakatimizdagi makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini davom ettirish, byudjet hamda milliy valyutamiz barqarorligini ta’minlash, bank va sug‘urta tizimlarini takomillashtirish borasidagi siyosatni izchil davom ettirish nomzodning dasturidan alohida o‘rin olgan.

Dasturda xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, korxonalarda xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlarni bosqichma-bosqich davom ettirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi deputati A.Boboyev, Qarshi davlat universiteti qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Rajabova, Qarshi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi N.Mamadiyev, Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muharriri Z.Bobonazarova va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik tamoyillarga to‘la amal qilinayotganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA