Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NARIMON UMAROVNING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NARIMON UMAROVNING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 21-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Ye.Qunnazarov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R.O‘tarboyev yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti ham izchil rivojlanib, aholi farovonligi yuksalib bormoqda. Ayniqsa, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gaz-kimyo majmuasi nafaqat mintaqamiz, balki jahonda ham yirik sanoat korxonalari sifatida mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Nomzodning dasturida demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish, innovatsion iqtisodiyotga o‘tish, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, xususan, aholini sifatli tibbiy xizmat, ta’lim va uy-joy bilan ta’minlash darajasini yanada oshirish kabi dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Orol dengizining qurishi oqibatida hududda yuzaga kelgan ekologik halokatni bartaraf etishga qaratilgan loyiha va dasturlarni izchil davom ettirish, ekologik jihatdan toza texnologiyalar asosida jadal rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltirilgan mutanosib iqtisodiy siyosat olib borishni qo‘llab-quvvatlash hamda sanoat korxonalari chiqindilarini qayta ishlash orqali atrof-muhit musaffoligini asrash masalalari ilgari surilgan.

Ekologiya masalalari ijtimoiy-iqtisodiy siyosatimizning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, bu sohani kompleks rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish, tabiatning sanoat korxonalari tomonidan ifloslanishini kamaytirish, chang va zaharli moddalarni ko‘p yutuvchi o‘simlik va daraxtlar soni va turini ko‘paytirish, shaharlar va sanoat korxonalari atrofida yashil maydonlar barpo etish, saksovul va butazorlarni kengaytirish orqali atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga qaratilgan aniq mexanizmlar ishlab chiqilishi zarurligi ta’kidlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli 10-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati direktori N.Qaypbergenov, “Ekosan” xalqaro xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi rahbari N.Mirzamuratov, Nukus davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani U.Seytjanova, Shumanay tumanidagi “Oqjap” ovul fuqarolar yig‘ini raisi Q.Ubaydullayev va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotganini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA