NARIMON UMAROVNING SAMARQAND VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 16-noyabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni Bulung‘ur milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktori N.Mamadiyorova ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Bobobekova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Samarqand nafaqat o‘zining buyuk o‘tmishi va tarixiy yodgorliklari, balki bugungi salohiyati va madaniyati, mehnatkash va mehmondo‘st xalqi bilan ham dunyoga dong taratgan. Mustaqillik yillarida viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar hamda chet el investitsiyalarining jalb etilgani natijasida Samarqandda avtomobilsozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa tarmoqlar izchil taraqqiy etmoqda.
Eng yuksak standartlar asosida zamonaviy jihozlangan Samarqand avtomobil zavodida o‘nlab turdagi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga, “British-Amerikan tobakko”, “Sam Antep Gilam”, “Amin Invest” qo‘shma korxonalari, “Sharq sanoati” xususiy konserni singari yirik ishlab chiqarish quvvatlari viloyat sanoati rivojiga muhim hissa qo‘shmoqda. Keyingi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ayni paytda ularning soni 259 taga yetdi.
Samarqand viloyatining iqtisodiy rivoji uning eksport salohiyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Joriy yilda hududiy eksport miqdori 385 million dollarga yetib, bu ko‘rsatkich 2011-yilga nisbatan 4,3 barobar oshgani ham shundan dalolat beradi.
Nomzod saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalar ekan, unda ilgari surilgan g‘oyalar “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, ma’naviy va axloqiy yetuk adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi dasturiy maqsad va vazifalariga asoslanishini qayd etdi.
Xotin-qizlarning jamiyat siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, yanada chuqur bilim va kasb mahoratiga ega bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, mehnat bozorida ularga imtiyozlar berish, iqtidorli va yuqori malakali, yuksak intellektual salohiyatli ayollarni davlat boshqaruvi organlariga faol jalb qilish takliflari ilgari surilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Polvonov, Samarqand viloyati hududiy davlat ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i S.Boqiyev, Samarqand davlat chet tillari instituti huquqshunosi M.Asliyev, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi H.Abdullayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA