Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NARIMON UMAROVNING TOSHKENT SHAHRI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NARIMON UMAROVNING TOSHKENT SHAHRI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 10-noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Saidov ochdi. Nomzodning ishonchli vakili N.Muhamedov yig‘ilganlarni Narimon Umarovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda xalqimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratishga qaratilgan yangi vazifalarni, marralarni belgilash va ularga erishish borasidagi sa’y-harakatlarni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish asosiy maqsad qilib belgilangan. Davlat va jamiyat boshqaruvida aholining ishtirokini ta’minlash, siyosiy islohotlarning yanada chuqurlashtirilishi, jamiyatda demokratik qadriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishi, adolat, inson huquq va erkinliklari ustuvorligi ta’minlanishi saylovoldi dasturning asosiy vazifalaridan biridir.

Poytaxtimiz bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqamizning yuksak taraqqiy etgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-moliyaviy va ma’naviy-ma’rifiy markazi bo‘lib, ayniqsa, istiqlol yillarida Toshkent shahri qudratli sanoat va transport-kommunikatsiya tarmoqlari, zamonaviy ijtimoiy infratuzilmalarni o‘zida mujassam etgan yirik megapolisga aylandi.

Nomzod Toshkent shahriga xos ayrim ijtimoiy masalalarga saylovchilar e’tiborini qaratib, ularning yechimi yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, uy-joy sotib olish va qurish uchun ajratilayotgan ipoteka kreditlash jarayonini takomillashtirish va foizlarini optimallashtirish, uy-joy-kommunal kompleksi ishini yanada yaxshilash, aholi uchun belgilanayotgan kommunal to‘lovlar miqdorini doimiy nazoratda tutish, bu sohalarda xizmat ko‘rsatadigan muqobil tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirish singari g‘oyalarni ilgari surdi. Poytaxtimizda bunyod etilayotgan zamonaviy uy-joylarning loyihasini ishlab chiqishda ularga innovatsion, energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Samatov, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati O.Abdullayeva, Toshkent moliya institutining sug‘urta fakulteti dekani U.Rajabov, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Chilonzor tumani bo‘limi boshlig‘i G.Murodova, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi assistenti L.Maqsudova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA