Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Naslchilik yaxshilanmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Naslchilik yaxshilanmoqda

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jamiyatimizning barcha sohalari, jumladan, chorvachilikni rivojlantirish, aholini ekologik toza, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va tegishli davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning hayotga izchil tatbiq etilayotgani natijasida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kengayib, tarmoqda sifat va samaradorlik oshayotir. Soha rivoji joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish, sifatli va xavfsiz iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyatida chorvachilikni rivojlantirish, naslli qoramol zotlarini parvarishlash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Naslchilikni rivojlantirish maqsadida chorvachilik taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini chuqur o‘rganish va joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilda 1000 bosh qoramol xarid qilish bo‘yicha 1 milliard 16 million so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Germaniya, Latviya va Estoniya davlatlaridan keltiriladigan naslli qoramollarning parvarishi uchun fermer xo‘jaliklarida zarur sharoitlar yaratilmoqda.

– 2014-yilda 59 qoramolchilik xo‘jaligi ish boshlagan bo‘lsa, joriy yilda yana 85 ta shunday xo‘jalik tashkil etish rejalashtirilgan, – deydi Navoiy viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi chorvachilik sektori boshlig‘i Qanat Tumenbayev. – Bu viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatini yanada kengaytiradi. O‘z navbatida, chorva nasllari yaxshilanib, yangi xo‘jaliklarda aholi uchun ish o‘rinlari yaratiladi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholining sifatli iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, ichki bozorga arzon mahsulotlar yetkazib berishda yangidan tashkil etilayotgan qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik xo‘jaliklarining o‘rni katta bo‘lmoqda. Shu maqsadda joriy yil viloyatda go‘sht, sut, tuxum, asal va baliq mahsulotlari yetishtirishni 30-40 foizga ko‘paytirish, qayta ishlash, eksportni yo‘lga qo‘yish uchun 232 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Joriy yilning o‘tgan davrida mazkur loyihalarning 101 tasi amalga oshirilib, tashkil etilgan yangi xo‘jaliklarda 273 kishi ish bilan ta’minlandi.

Chorvachilik rivojida veterinariya xizmatining sifatli tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada viloyatdagi 81 zooveterinariya punktining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va 29 veterinariya dorixonalari faoliyatini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha epizootik barqarorlikni ta’minlash dehqon bozorlarida tashkil etilgan 16 veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Laboratoriyalarning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, mahsulotni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida immuna ferment tahlil usulidan keng foydalanilayotgani yaxshi samara berayotir.

Tumanlarda barcha sanitariya talablariga javob beradigan kushxonalar tashkil etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Konimex, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tumanlaridagi kushxonalarda tozalikka qat’iy rioya qilinib, zarur talablar asosida sifatli go‘sht mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Ayni paytda Karmana va Navbahor tumanlarida ham maxsus kushxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

www.uza.uz