Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NAVQIRON AVLOD ISTIQBOLI YO‘LIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NAVQIRON AVLOD ISTIQBOLI YO‘LIDA

“Turkiston” saroyida Toshkent shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunining targ‘ibоtiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, huquq-tartibоt idoralari, ta’lim fidoyilari, ma’naviyat targ‘ibоtchilari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Obidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Madumarov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning kelajagi yo‘lida doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning milliy tizimiga asos solinganini ta’kidladi. Mazkur qonun ham Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yaratilgan milliy qonunchilik tizimi – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ta’lim, bola huquqlarining kafolatlari, vasiylik va homiylik, jismoniy tarbiya va sport, voyaga yetmaganlar huquqlariga oid qonunlarda, 300 ga yaqin huquqiy-me’yoriy hujjatda yoshlarning ijtimoiy muhofazasi, ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunar egallashi, mehnat bandligi, jismoniy, ijodiy-intellektual salohiyatining kamol topishiga daxldor dolzarb masalalar aks ettirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlarga cheksiz mehr ko‘rsatish, bolalar salomatligi haqida qayg‘urish, davlat byudjetidan ta’limga tobora ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish, o‘quv jarayoniga innovatsion yangiliklarni keng joriy etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy himoya kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar safidan o‘rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuni navqiron avlodga bo‘lgan e’tibor ko‘lamini yanada kengaytirish, bu borada hokimliklar, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirishda yangi ufqlarni belgilab beradi. To‘rt bob, o‘ttiz uch moddadan iborat mazkur hujjat ochiqlik, qonun ijrosida yoshlarning faol ishtiroki, ularning ezgu tashabbuslariga qanot berish, ma’naviy-axloqiy, madaniy qadriyatlarning ustuvorligi kabi tamoyillarga tayanadi. Qonunda hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport ishlari, mehnat, adliya, ichki ishlar, mudofaa, prokuratura idoralari, fuqarolik jamiyati institutlarining turli bo‘g‘inlariga taalluqli vakolatlar aniq belgilangan. Mazkur hujjatda yoshlar huquqlari va erkinliklarining, ularga oid ijtimoiy himoya kafolatlari, tadbirkor yigit-qizlar, iste’dod sohiblarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlari mustahkamlab qo‘yilgan.

– Har bir mamlakatning istiqboli ularda kamol topayotgan yoshlar bilan bevosita bog‘liq, – deydi Shayxontohur tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Surayyo Po‘latova. – «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilingani o‘g‘il-qizlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, ularni vatanparvar, yurtga sadoqatli, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxs etib tarbiyalashdagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishda, bu yo‘nalishdagi ishlarni davr ruhiga hamohang yo‘lga qo‘yishda yangi imkoniyatlar ochadi.

Ishtirokchilarning mazkur qonunga oid savollariga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

O’zA