Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Neft-gaz sanoatini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Neft-gaz sanoatini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya manbai, balki ko‘plab tarmoqlar uchun zarur bo‘lgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.

Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga 15 foizga ko‘p tabiiy gaz va 1,6 barobarga ko‘p suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qo‘shimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan talab qondirib kelinmoqda.

Sho‘rtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning o‘zida gazga nisbatan qo‘shilgan qiymati 4 barobar ko‘p bo‘lgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.

Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030 yilgacha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Uglevodorodlar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi. Shu bois, yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb qilish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi.

Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi ta’mirtalab holatga kelgan. Kelajakda iste’molchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish bo‘yicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimi tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan bo‘lsa, kelgusi 10 yilda bu ko‘rsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “O‘zbekneftgaz” jamiyati neft va gaz kimyo yo‘nalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoni mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablag‘lar jalb qilinishi lozim.

Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va ko‘p pog‘onali bo‘lgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi.

Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid bo‘lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Xususan, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaruvchi boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalarini hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi ta’kidlandi.

Sohadagi to‘rtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.

www.president.uz