Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NEFT-GAZ SOHASI UCHUN ISTIQBOLLI KADRLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NEFT-GAZ SOHASI UCHUN ISTIQBOLLI KADRLAR

Poytaxtimizda «Xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda kadrlar tayyorlash borasidagi zamonaviy uslub va texnologiyalar, shuningdek, O‘zbekistonda neft-gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassis va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash istiqbollari muhokama etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi, I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyada neft-gaz, energetika, qurilish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalari mutaxassislari, mamlakatimiz va xorijning yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, mobil aloqa operatorlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov, «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari U.Saidov, «Lukoyl» kompaniyasi departamenti boshlig‘i Yu.Pixtovnikov va boshqalar O‘zbekistonda mustaqillik yillarida barkamol avlod tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini ta’kidladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, jumladan, neft-gaz sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad yetuk kadrlar tayyorlash borasida xalqaro kompaniyalar tajribasini o‘rganish, O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlar tayyorlashni rivojlantirishning asosiy yondashuvlarini aniqlashdan iboratdir.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida zamonaviy kasblarni egallagan mutaxassislar tayyorlanayotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda «Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 1 ming 800 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Ularning qariyb 90 foizini mamlakatimiz mutaxassislari tashkil etadi va bu ularning yuqori malaka va salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi.

Konferensiya doirasida «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi va «Lukoyl» kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda mazkur soha uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

O‘zA