Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NEMIS OAV O’ZBEKISTONNING “YASHIL HAFTA” ISHIDAGI ISHTIROKI HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NEMIS OAV O'ZBEKISTONNING “YASHIL HAFTA” ISHIDAGI ISHTIROKI HAQIDA

“Yashil hafta - 2016” oziq-ovqat sanoati, qishloq, o’rmon va bog’dorchilik xo’jaligi xalqaro ko’rgazmasining ochilishi arafasida “Dusseldorfer Blatt” nashri (Germaniya) mazkur nufuzli anjumanda O’zbekiston ishtirokiga oid maqola e’lon qildi. Mazkur tadbir joriy yil 15-24-yanvar kunlari Germaniya poytaxtidagi «Messe-Berlin» ko’rgazmalar majmui pavilonlarida bo’lib o’tadi.

Manbaning xabar berishicha, joriy yilda ushbu ko’rgazmaga dunyoning 70 mamlakatidan mutaxassislarning kelishi kutilmoqda. Ular orasida O’zbekiston ham bor, albatta. “Yashil hafta - 2016”da chorvachilik, qishloq, o’rmon va bog’dorchilik xo’jaligi, oziq-ovqat sanoatidagi eng so’nggi yutuqlar namoyish etiladi.

Shuni qayd etish joizki, O’zbekistonning agrar jabhasi ilg’or tajriba hisobga olingan holda yangi texnologiyalar va yondoshuvlar asosida shitob bilan rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda qishloq xo’jaligining yalpi ichki mahsulot tizimidagi hissasi 15,4 foizni tashkil qilmoqda. 2015-yilning to’qqiz oyi mobaynida mamlakatda 31,8 trillion so’m miqdoridagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Nemis nashrining xabar berishicha, 2016-yilning boshida respublikada eng yangi nou-xau, ishlanmalar va texnologiyalarni o’zlashtirish hisobiga qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash bo’yicha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro loyiha ish boshlaydi. Umumiy qiymati 10 million yevroga teng bo’lgan mazkur loyiha YEI Komissiyasi ko’magida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Fransiyaning Adecia nodavlat tashkiloti, Italiyaning AIA va Bolgariyaning CEED tashkiloti ishtirokida amalga oshiriladi. U ikki asosiy yo’nalishni qamrab olgan - chorvachilik va bog’dorchilik. Loyihani hayotga tadbiq etish muddati – 2018-yilning oxirigacha.

Maqolada qayd etilishicha, mazkur loyiha doirasida rejalashtirilayotgan tadbirlar oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash jarayonlarini modernizatsiyalash yo’li bilan O’zbekistonning kichik va o’rta fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga yo’naltirilgan.

Shuningdek, “Dusseldorfer Blatt” “Yashil hafta - 2016” ko’rgazmasi ishi davomida mazkur nashr vakillarining o’zbek kompaniyalari bo’lmalariga borishi rejalashtirgani va o’z o’quvchilariga bu haqda xabar berajagini ham ma’lum qilgan.

“Jahon” AA, Frankfurt