Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NEYROJARROHLIK SOHASIDA HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NEYROJARROHLIK SOHASIDA HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida neyrojarrohlik sohasida innovatsiyalarni qo‘llash mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan 160 nafardan ziyod neyrojarroh ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi shakllantirilib, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani va davolashda yangi usullardan keng foydalanilayotganini ta’kidladi. Aholiga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi izchil takomillashtirilmoqda.

O‘zbekiston neyrojarrohlik xizmati tomonidan markaziy asab tizimi shikastlanganda, shuningdek, bosh va orqa miya kasalliklarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilayotir. Mamlakatimizning yuqori malakali neyrojarrohlari markaziy asab tizimi buzilishi, bosh miya tomirlari anevrizmi, insult asoratlarini davolash bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazmoqda. Shuningdek, radikulit, bosh va orqa miyada o‘simtasi bo‘lgan bemorlar ham jarrohlik amaliyoti yordamida shifo topmoqda. Mazkur jarrohlik amaliyotini o‘tashda zamonaviy mikroneyrojarrohlik texnikasi keng qo‘llanilayotir.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud bo‘lib, bemorlarga, jumladan, shoshilinch neyrojarrohlik patalogiyasi bor insonlarga tunu kun ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha yangi texnologiyalarning qo‘llanilayotgani bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.

Xorijiy klinikalar bilan aloqlar yo‘lga qo‘yilayotgani va hamkorlikning yanada kengaytirilayotgani, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Hindiston, Italiya, Shveytsariya, Turkiya, Finlyandiya, Rossiya kabi davlatlarning taniqli neyrojarrohlari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilayotgani mamlakatimiz neyrojarrohlik sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yurtimiz shifokorlari xorijlik hamkasblari bilan muntazam tajriba almashmoqda.

– Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida sifatli neyrojarrohlik xizmatlari ko‘rsatilmoqda, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali neyrojarrohi Saydullo Sharifboyev. – Masalan, bizning filialda bosh miya tomirlari anevrizmi mavjud va insultga chalingan bemorlarni shoshiliinch operatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu bemorning hayotini saqlab qolish bilan birga uni normal hayotga qaytarish imkonini berayotir.

Ikki kunlik seminar doirasida neyrojarrohlik va neyroreanimatsiyaning dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan yangi yutuqlar va zamonaviy yechimlarga bag‘ishlangan mahorat saboqlari o‘tkazildi, ma’ruzalar tinglandi. Seminarning birinchi kunida rossiyalik mutaxassislar neyrojarrohlik sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va klinik tadqiqotlar xususida so‘zlab berdi. Ikkinchi kun dasturidan mamlakatimiz shifokorlarining bosh miya o‘simtasi va bolalar neyrojarrohligiga bag‘ishlangan ma’ruzalari o‘rin oldi.

– O‘zbekistonda neyrojarrohlik xizmati jadal rivojlanmoqda, – deydi akademik N.Burdenko nomidagi neyrojarrohlik ilmiy-tadqiqot instituti rahbari, professor Aleksandr Potapov (Rossiya). – O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yganmiz. Ta’kidlash joizki, ular yuqori malakali va mohir neyrojarrohlardir. Ikki davlat neyrojarrohlari o‘rtasida muntazam tajriba almashish tibbiyotning ushbu sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

"Jahon" AA