“NIHOL” MUKOFOTI SOVRINDORLARI TAQDIRLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

«Istiqlol» san’at saroyida 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir va gala-konsert bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi san’at saroyi matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’sis etilgan «Nihol» mukofoti bilan estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasida yurtdoshlarimiz yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar taqdirlanmoqda.
«Nihol» mukofotiga saralash uch bosqichli tizimda o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad chekka hududlarda yashab, ijod qilayotgan iste’dod egalarining ijodini targ‘ib etishdan iboratdir.
“Jahon” AA