Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NIKAS SAFRONOV: "O’ZBEKISTON BUYUK IPAK YO’LINING MARKAZIDA JOYLASHGAN SERQUYOSH O’LKADIR"

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NIKAS SAFRONOV: "O'ZBEKISTON BUYUK IPAK YO'LINING MARKAZIDA JOYLASHGAN SERQUYOSH O'LKADIR"

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida Rossiyada xizmat ko’rsatgan rassom, Rossiya Badiiy akademiyasining akademigi Nikas Safronov ushbu muhim sana munosabati bilan O’zbekiston xalqiga o’z qutlovlarini yo’lladi:

— O’zbekiston minglab yillik tarixga egadir. Mamlakatning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tibori ko’p jihatdan uning boy madaniy merosi, o’ziga xos an’analari bilan chambarchas bog’langan. O’zbekiston san’ati ko’plab xorijiy mehmonlarda juda katta taassurot qoldiradi. Bu uning madaniyatida Markaziy Osiyoning barcha qadriyatlari o’z tajassumini topgan, deb hisoblashga imkon beradi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan buyon yurtingizda madaniy merosni qayta tiklash, xalqning tarixiy xotirasini saqlab qolish yo’lida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand, Buxoro, Xiva kabi afsonaviy shaharlar nafaqat o’zbek xalqining milliy g’ururi, balki butun insoniyatning madaniy boyligi hisoblanadi.

Bundan tashqari, barchaning e’tiborini o’ziga jalb qiladigan muhim omilni - mamlakat xalqining barchaga birdek samimiy do’stona munosabati va mehmondo’stligini alohida qayd etish katta ahamiyatga ega, deb o’ylayman.

Bizga ma’lumki, O’zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida barkamol yosh avlodni tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ishonchim komilki, aql-zakovatli va har tomonlama yetuk yoshlarga ega bo’lgan mamlakat, shubhasiz, buyuk kelajakning sohibi bo’ladi.

Tarixdan ma’lumki, ushbu zamin Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan. Bugungi kunda ham bu yo’nalish turli g’oyalar va an’analarning, odamlar o’rtasidagi muloqot va uchrashuvlarning vositasi hisoblanadi.

Mamlakat mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan ushbu serquyosh o’lka xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman!

"Jahon" AA, Moskva