Nobel mukofoti laureati Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligidan olingan maʻlumotlarga koʻra, yaponiyalik olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatmizga tashrif buyuradi.

Ryodzi Noyorining Oʻzbekistonga tashrifi yurtimiz ilm-fan hayotidagi muhim voqea sanalib, u Xalkaro Nobel fondi bilan kelishgan holda tashkil etilmoqda. Bu esa nufuzli Xalqaro tashkilot tomonidan mamlakatimizning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qoʻshgan hissasining tan olinishi hamda bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga boʻlgan munosabtning eʻtirofidir.
Delegatsiya aʻzolarining Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vaziri Inomjon Majidov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Ryodzi Noyori oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar, olimlar bilan uchrashadi, ular uchun maʻruza qiladi. Nagoya universiteti delegatsiyasi aʻzolari ishtirokida oʻzbek-yapon ilmiy simpoziumi, davra suhbati, Samarqandga tashrif koʻzda tutilgan.
OʻzA