Nodavlat notijorat tashkilotlari va jamiyat
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari milliy qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustahkam huquqiy asos va noyob mexanizm bunda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Termizda o‘tkazilgan “Fuqarolik jamiyati rivojlanishining miqdor va sifat o‘zgarishlari: Surxondaryo viloyati misolida” mavzusidagi anjumanda shular haqida so‘z yuritildi.
Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Qobulova, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi rahbari R.Norliyev va boshqalar nodavlat notijorat tashkilotlari inson huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim bo‘g‘inga aylanganini ta’kidladi. Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat idoralari va mahalliy hokimiyat faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi nufuzi ortib, roli mustahkamlanayotgani buning yorqin isbotidir.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan demokratik islohot va o‘zgarishlarning borishi, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rivojlanishi, jamiyatning demokratlashuv jarayonlarini chuqur o‘rganish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, joylardagi ijtimoiy ahamiyatga molik muhim vazifalarni hal etishdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashga, dinlararo va millatlararo hamjihatlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani viloyatda sohani izchil rivojlantirish, NNTlar sonining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. 2012-yili viloyatda 286 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 552 taga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi e’lon qilayotgan grant tanlovlari viloyatdagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2011-yil viloyatdagi beshta NNT mazkur tanlovlarda qatnashib, fondning 6 million 800 ming so‘m grant mablag‘ini olgan bo‘lsa, o‘tgan yili yigirmadan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti qariyb 267 million so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bu mablag‘lar, asosan qishloq yoshlarining ekologik bilimi, tibbiy, huquqiy madaniyati, kasb mahoratini yuksaltirishga, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga yo‘naltirilmoqda.
– O‘tgan yili “Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajak” loyihasi doirasida o‘n sakkiz million so‘mlik ijtimoiy buyurtma olgan edik, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali rahbari Hulkar Abdullayeva. – Shunga muvofiq, Termiz shahridagi umumta’lim maktablarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etib, yoshlarning sog‘lom ulg‘ayishiga ko‘maklashmoqdamiz. Fond tanlovida bog‘cha yoshidagi bolajonlarni sport tadbirlariga keng jalb etish va sog‘lom turmush ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘maklashuvchi yana bir loyihamizga qariyb 13 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni paytda loyiha doirasida tumanlarda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Keksalarni e’zozlash yilida hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.