NODAVLAT OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI – ERKIN FUQAROLIK JAMIYATI KO‘ZGUSI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Samarqandda “Mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarida nodavlat elektron OAV rolini oshirish: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan media kunlari doirasidagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi, YuNESKO va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari va vakolatxonalari vakillari, Germaniya, Fransiya, Litva, Bolgariya, Chexiya, Rossiyadan kelgan ekspertlar, poytaxt va hududiy teleradiostansiyalar rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikrlarini, sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Shu maqsadda xalqaro talab va standartlarga to‘la mos keladigan qonunchilik bazasi yaratildi. Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, erkin faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qonunlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Nodavlat ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nodavlat ommaviy axborot vositalarining ko‘plab ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda. Shuningdek, ular fond tomonidan e’lon qilinayotgan grant tanlovlarida ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Anjumanda xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar O‘zbekistonda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni yuksak baholab, bu borada o‘z tajribalarini bayon qildi.
– Bugun dunyo media olamida nodavlat ommaviy axborot vositalarining o‘rni oshib, erkin fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanmoqda, – deydi K.Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Tomas Kunse. – O‘zbekiston yigirma besh yil oldin o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, axborot sohasini isloh qilish, bunda nodavlat OAVni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bu borada samarali faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlash lozim. Jamg‘armamiz mazkur assotsiatsiyaning bir qator tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tizimda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish borasida hamkorlikda ish olib bormoqdamiz. Bugun hech ikkilanmay aytish mumkinki, O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda orttirilgan tajribani boshqa davlatlar o‘rgansa arziydi.
– O‘zbekistonda hududiy nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarining jadal rivojlanayotgani aholining tezkor, sifatli va xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilayotgani tahsinga loyiq, – deydi Latviya Respublikasi Seymi deputati Inguna Sudraba. – Shu bilan birga, sizda milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, targ‘ib etish, Sharq xalqlariga xos oilani ulug‘lash, mehr-oqibat, ota-ona, keksalarga hurmat g‘oyalarining ustuvorligi ommaviy axborot vositalarining tarbiyaviy ta’sirchanligini oshirmoqda. Bu jihatlar bugungi globallashuv davrida juda muhim ahamiyat kasb etadi va o‘rgansa arzigulik tajribadir.
Tadbir doirasida “Jurnalistlarning yangi avlodi shakllanishida zamonaviy trendlar va yoshlar auditoriyasini kengaytirish istiqbollari: ko‘zguda – multimedia jurnalistikasi” mavzusida “Navqiron jurnalistlar” media-kempi o‘tkazildi.
O’zA