NODIR SAN’AT USTALARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida «Ustalar durdonasi» deb nomlangan ksilografiya san’ati ko‘rgazmasi ochildi. Unda Medat Kagarov va Damir O‘razayev asarlari namoyish etilmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni asrash, jamiyatimizda millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosat milliy san’atimizni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.
Ksilografiya, ya’ni yog‘ochga o‘yma naqsh solish, nafis va bejirim asarlar yaratish kishidan katta mahorat va iqtidor talab qiladi. O‘zbekiston xalq rassomi Medat Kagarov ushbu yo‘nalishda samarali ijod qilgan ustalardan. Uning sharq mumtoz adabiyoti namoyandalari she’riy to‘plamlariga ishlangan bezaklari o‘ziga xos falsafa va mazmun-mohiyatga ega. Ustaning asarlari O‘zbekiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Rossiya, AQSh, Hindiston va Yaponiyadagi ko‘plab muzeylar hamda shaxsiy kolleksiyalardan o‘rin olgan.
Damir O‘razayev ham o‘yma naqsh san’ati sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Usta shoira Zulfiyaning «Tomchi» deb nomlangan she’rlar to‘plamiga ishlangan miniatyuralar muallifidir. Uning asarlari O‘zbekiston, Rossiya, Chexiya, Polsha muzey va galereyalarida saqlanmoqda.
O‘zA