NOGIRONLARGA SAYLOVDA FAOL ISHTIROK ETISHI UCHUN TENG IMKONIYATLAR YARATILADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizdagi "Yoshlik" talabalar shaharchasida O‘zbekiston nogironlar jamiyati Olmazor tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlab «Men jamiyatning to‘laqonli a’zosiman» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rish, saylovni demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish, barcha saylovchilar, jumladan, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylov jarayonida emin-erkin ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotir. Mustaqillik yillarida fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi, saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘liq foydalanishi borasida demokratik talablarga mos milliy saylov tizimi yaratilgani alohida qayd etildi.
– Shu kunlarda mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda, – deydi O‘zbekiston nogironlar jamiyati Olmazor tumani bo‘linmasi rahbari Olim Sultonov. – Saylovda barcha fuqarolar faol ishtirok etishadi. O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘linmasi 2008-yilda tashkil etilgan. Tashkilotimizning asosiy maqsadi nogironlarga boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlar yaratish, ularning ijtimoiy xayotda faol ishtirok etishlariga ko‘maklashishdan iborat. Saylovda bu yil birinchi marta ko‘zi ojiz saylovchilar uchun brayl yozuvidagi byulletenlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgani katta yangilik bo‘ldi.
Tadbirda imkoniyati cheklangan yosh insonlarga istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun, saylov qonunchiligiga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining huquqiy-me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati hamda saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari atroflicha tushuntirildi.
O’zA