Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar umumiy hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy nizom
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Davlat statistika qo`mitasining joriy yil 1- apreldagi 4-sonli qarori bilan “Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar umumiy hajmini shakllantirish bo`yicha uslubiy nizom” tasdiqlandi, deya xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.
Ushbu uslubiy nizom investitsiya faoliyati ko`rsatkichlarining statistik hisobini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar hajmi to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni shakllantirish tartibini belgilab beradi.
Mazkur uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar hajmlari bo`yicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda foydalanish uchun mo`ljallangan.
Uslubiy nizomni tayyorlashda O`zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlari, Milliy hisoblar tizimi-2008 ta`riflaridan foydalanildi.
Mazkur qaror 2015-yil 1-apreldan kuchga kirdi.
“Jahon” AA