Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NOMZODNING ISHONCHLI VAKILI PAXTAKOR TUMANIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
NOMZODNING ISHONCHLI VAKILI PAXTAKOR TUMANIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari Jizzax viloyatida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning ishonchli vakili S.Nazarqosimov Paxtakor tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili yig‘ilganlarni Sarvar Otamuratovning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Ishonchli vakil nomzod dasturida belgilangan mamlakatimizning yanada taraqqiy etishi uchun ijtimoiy-siyosiy sohada milliy g‘oya, jamiyatimizning axloqiy-ma’naviy asoslari ustuvorligini ta’minlash, milliy tiklanish orqali zamonaviy rivojlangan demokratik davlat qurish yo‘lidagi harakatlarni davom ettirish masalalariga to‘xtaldi. Bu yo‘nalishda dasturda ma’naviy-ma’rifiy sohada milliy o‘zlikni anglashni yuksaltirish, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish kabi sohalarga ustuvor ahamiyat berilganini ta’kidladi.

Dasturdan o‘rin olgan madaniy meros obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, ularning saqlanishi va muhofaza qilinishini yaxshilash, bu yo‘nalishdagi qonunchilikni yanada mustahkamlash masalalari saylovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuvda Paxtakor tumanidagi “Bahora” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi O.Otajonova, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori O.Qodirov va boshqalar nomzodning dasturi haqida fikr bildirib, saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga javob berdi.

O’zA