NOMZODNING ISHONCHLI VAKILI YASHNOBOD TUMANIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili X.Boboxonov poytaxtimizning Yashnobod tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.
Tadbirni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yashnobod tuman kengashi raisi O.Buzurukxo‘jayeva ochdi.
Uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili yig‘ilganlarni Xatamjon Ketmonovning saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
Dasturda mamlakatimiz mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash, millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan. Aholi bandligini ta’minlashning zamonaviy usullarini joriy qilish, ish o‘rinlarini tashkil etish dasturining bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni hayotga tatbiq qilishni doimiy takomillashtirib borish kabi ustuvor yo‘nalishlarga keng o‘rin berilgan.
Nomzod ushbu maqsadda ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri va aniq belgilash, korxona va tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga bo‘sh mehnat resurslarini keng jalb etish bo‘yicha takliflarni ilgari surmoqda.
Uchrashuvda “Nuroniy” jamg‘armasining Yashnobod tumani bo‘limi raisi A.Hidoyatov, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-akademik litsey direktori Sh.Mirrahimova, 32-oilaviy poliklinika hamshirasi X.Abduqodirova va boshqalar Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan vazifalar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga javob berdi.
O’zA