NUKUSDA SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONIGA BAG‘ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasi huzuridagi matbuot markazida tashkil etilgan anjumanda okrug saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek Jalmenov okrug saylov komissiyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar asosida olib borilayotgan tashkiliy ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 590 saylov uchastkasi tuzilib, ularning joylashgan manzili, chegarasi va saylovchilar soni haqidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida e’lon qilindi.
Har bir saylov uchastkasi saylovchilar uchun har tomonlama qulay va zamonaviy binoda joylashtirilib, aloqa vositalari, ko‘rgazmali qurollar, zarur adabiyotlar, matbuot nashrlarining yangi sonlari bilan to‘liq ta’minlanmoqda. Saylovlarni milliy qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan tenglik, oshkoralik va xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiq o‘tkazishni tashkil etish, saylovchilarga qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
– Okrug saylov komissiyasi tomonidan 67 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi ro‘yxatga olinib, matbuot markazida ularning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha qulaylik yaratildi, – deydi okrug saylov komissiyasi matbuot markazi rahbari Daut Qurboniyozov. – Bugungi tadbirda jurnalistlar saylov jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
O’zA