Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston – baynalmilallik va bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston – baynalmilallik va bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida “Oʻzbekistonda Irqiy kamsitishning barcha turlarini yoʻqotish boʻyicha BMT Konvensiyasining bajarilishi: xalqaro va milliy standartlar” mavzuida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda millatlararo munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat siyosatining amalga oshirilishi masalalari muhokama etildi.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, diplomatik korpus vakillari, vazirlik va idoralar, tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi R.Qurbonov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining kam sonli millatlar boʻyicha Oliy komissarining siyosiy masalalar boʻyicha katta maslahatchisi A.Xanjin va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar uzviyligida ona zaminimizda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, ularning ahil-inoqligi, osoyishtaligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Bu jarayonda milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlarining oʻrni, ular faoliyatining hukumatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani ahamiyatlidir.

– Oʻzbekiston koʻp asrlik sivilizatsiya oʻchogʻi sifatida baynalmilallik, bagʻrikenglikka asoslangan mamlakat hisoblanadi, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Baxtiyor Karimov. – Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oiladek yashamoqda. Ular huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish uchun barcha soha va tarmoqlar rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Anjuman yakunida Oʻzbekistonda Irqiy kamsitishning barcha turlarini yoʻqotish boʻyicha BMT Konvensiyasining bajarilishi, ayniqsa, sakkizinchi-toʻqqizinchi milliy hisobot boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosi, keyingi milliy hisobotni amalga oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

www.uza.uz