Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Parij shahridagi Shon-sharaf maydonida 9-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.
Oʻzbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Marosimda mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari ham hozir boʻldi.
Shundan soʻng davlatimiz rahbari Fransiya Respublikasi Prezidentining Yelisey saroyiga yoʻl oldi.