Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OʻZBEKISTON TASHABBUSI AFGʻONISTON UCHUN JUDA MUHIM!

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
OʻZBEKISTON TASHABBUSI AFGʻONISTON UCHUN JUDA MUHIM!

AQSHning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Prezidentimiz bilan oʻtkazilgan muzokara va Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga oid dolzarb masalalar haqida quyidagilarni soʻzlab berdi:

Avvalambor, Oʻzbekistonga kelganim va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimdan gʻoyat mamnun ekanimni alohida taʼkidlashni istardim. Muloqotda AQSH - Oʻzbekiston hamkorlik aloqalari va sheriklik munosabatlari, mamlakatingizning keng koʻlamli islohotlar jarayonida erishayotgan yutuqlari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdik.

Biz, shuningdek, Afgʻonistonga oid masalalar xususida ham suhbatlashdik. Missiyam afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etishni qoʻllab-quvvatlash va Afgʻonistonni Markaziy Osiyoga integratsiyalashtirish, uning yangidan xalqaro terrorizmga zamin boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat.

Joriy yilda Toshkentda oʻtkazilgan Afgʻoniston boʻyicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya bu borada juda yaxshi tashabbusdir. Mazkur tashabbusning samarasi shuki, hozirgi kunda qirq yildan buyon davom etayotgan afgʻon urushini tinch yoʻl bilan hal etish masalasi dunyoda faol muhokama etilmoqda.

Afgʻoniston hukumati muammoga harbiy yechim yoʻqligi, siyosiy kelishuvga erishish lozimligini taʼkidlaydi. Toliblar ham shunday fikrda. Xalqaro hamjamiyat, xususan, AQSH bu qarashni qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus Afgʻoniston uchun juda muhim. Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” sulhga erishishida nafaqat AQSH va Oʻzbekiston, balki boshqa davlatlar, xususan, mintaqa mamlakatlari birgalikda saʼy-harakat qilishi lozim.

www.president.uz