Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekiston va Ozarbayjon: ekologiya sohasida strategik hamkorlikning yangi bosqichi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekiston va Ozarbayjon: ekologiya sohasida strategik hamkorlikning yangi bosqichi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Ushbu hamkorlik ikki tomonlama tashabbuslar bilan bir qatorda xalqaro maydonlardagi faol hamkorlikni ham qamrab olmoqda.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Ushbu hamkorlik ikki tomonlama tashabbuslar bilan bir qatorda xalqaro maydonlardagi faol hamkorlikni ham qamrab olmoqda.
Hamkorlikning asosini 2008-yil 11-sentabr kuni Boku shahrida imzolangan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tashkil etadi. Bugungi kunda tomonlar hamkorlikni yanada tizimli va strategik darajaga olib chiqishga xizmat qiladigan yangi hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqishda davom etmoqda. Shu bilan birga, MDH tuzilmalari doirasida ham xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar va platformalarda tajriba hamda axborot almashinuvi muntazam ravishda olib borilmoqda.
Iqlim forumlari doirasidagi aloqalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, COP28 doirasida ikki davlat vakillari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mintaqasida barqaror va resurs tejamkor iqtisodiyotga oʻtish masalalarini muhokama qildilar. Keyinchalik ushbu muloqot Nayrobida boʻlib oʻtgan BMTning Atrof-muhit boʻyicha assambleyasi doirasida davom ettirildi hamda unda Bokuda oʻtgan COP29 sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aynan COP29 mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishdagi muhim bosqich boʻldi. Konferensiya davomida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ekologiya vazirlarining ilk uchrashuvi oʻtkazildi va uning yakunlari boʻyicha tegishli deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston va Ozarbayjon Osiyo taraqqiyot banki hamda Yashil iqlim jamgʻarmasi koʻmagida amalga oshirilayotgan “Glaciers to Farms” mintaqaviy dasturiga qoʻshildi. Mazkur dastur muzliklarning erishi sharoitida qishloq xoʻjaligi va infratuzilmaning barqarorligini oshirish uchun 3,5 milliard dollar mablagʻni safarbar etishni nazarda tutadi.
Ta’lim sohasidagi hamkorlik ham muhim yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda. Ozarbayjonlik yosh eko-faollar “Zamin” xalqaro jamoat fondi ishtirokida Samarqandda tashkil etilgan xalqaro ekologik oromgohlarda qatnashdilar.
Shuningdek, sohaviy idoralar darajasida ham faol muloqot olib borilmoqda. 2024-yilda Ozarbayjon delegatsiyasi birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon mediaforumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga tashrif buyurib, ekologik kommunikatsiya va dezinformatsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashdi.
Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari qator yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan, havo sifati monitoringi va “yashil” shaharsozlikni rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) bazasida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqilmoqda.
Tomonlar, shuningdek, qoʻshma ishchi guruh tashkil etish hamda hukumatlararo bitim tayyorlash jarayonini yakunlash imkoniyatini ham muhokama qilmoqda. Bundan tashqari, xalqaro tabiatni muhofaza qilish konvensiyalari doirasidagi hamkorlikni faollashtirish, jumladan, Ozarbayjonning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilishi taklif etilmoqda.
Alohida e’tibor boʻlajak xalqaro tadbirlarga ham qaratilmoqda. Ozarbayjon Global ekologik fondning VIII Assambleyasida ishtirok etadi hamda Samarqandda boʻlib oʻtadigan Eco Expo Central Asia 2026 koʻrgazmasida oʻz Milliy pavilyonini taqdim etadi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ekologik hamkorlik barqaror rivojlanib bormoqda va iqlim kun tartibi, ilmiy tadqiqotlar, yoshlar tashabbuslari hamda xalqaro kooperatsiyadan tortib keng qamrovli yoʻnalishlarni qamrab olmoqda.