Oʻzbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv vaqti oʻzgarishi kutilmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlari yilning fevral-mart oylarida oʻtkazilishi chaqiruv va yigʻin punktlari xonalarida belgilangan issiqlik haroratini taʼminlashda qator qiyinchilik va sarf-harajatlarning ortishiga olib kelmoqda. Aksariyat holatlarda noqulay ob-havo sharoiti mamlakatimizning uzoq hududlarida yashovchi fuqarolarning oʻz vaqtida chaqiruv va yigʻin punktlariga yetib kelishlariga toʻsqinlik qilmoqda. Shuningdek, qish mavsumidagi yoʻllar holati olis hududlarda yashovchi fuqarolarning chaqiruv tadbirlarida toʻliq ishtirok etishini qiyinlashtirmoqda.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va sohaga oid meʼyoriy hujjatlar ijrosini taʼminlash, 2019 yil chaqiruvini sifatli oʻtkazish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Chaqiruv tadbirlarini oʻtkazish davrida yildan-yilga takrorlanib kelayotgan kamchilik va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, eng avvalo, fuqarolarga qulayliklar yaratishni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrda oʻtkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan fuqarolarni zaxiraga boʻshatish muddatini yilning fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga oʻtkazish taklifi berilgan.
Shunga asosan, Mudofaa vazirligi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Chaqiruv davrining qish mavsumidan bahor mavsumiga oʻtkazilishi muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirishga doir sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda noqulay ob-havoda kutish punktlarida ularni kuzatish uchun kelgan ota-onalarga qulaylik yaratishda muhim omil boʻladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
OʻzA