Oʻzbekistonda Saylov kodeksi qabul qilinadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari daxlsizlik maqomi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda.
Qaror bilan saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishi etib, shu jumladan, saylovlarni oʻtkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng taʼminlash belgilandi.
Bundan tashqari, qarorga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari daxlsizlik maqomi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirildi.
Markaziy saflov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazi tashkil etildi. Markaz saylov komissiyasi aʼzolarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
Shuningdek, qaror bilan Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish, muhokama natijalariga koʻra loyiha matnini takomillashtirish va Saylov kodeksini qabul qilish (muddat 2018 yil noyabr-dekabr), shuningdek, boshqa qonun hujjatlari va Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarini Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.