Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oʻzbekistonda yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oʻzbekistonda yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot sohasidagi milliy manfaatlarni belgilovchi yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlari toʻgʻri shakllantirilmagan.

Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan tez-tez tor idoraviy manfaatlarga amal qiladigan hamkorlik darajasi va sifati past darajada saqlanib qolmoqda.

Bundan tashqari, axborot xavfsizligini taʼminlash, Butunjahon Internet axborot tarmogʻida oʻzbek tilidagi segmentini rivojlantirish, aholining media-savodxonligini oshirish, jurnalist kadrlarni tayyorlash hamda ularning huquq va majburiyatlarini anglashi, respublikani global axborot makoniga sifatli integratsiyasi masalalariga yetarli eʼtibor qaratilmayotganligi mamlakatda axborot jamiyatini shakllantirishda qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.

Axborot sohasini davlat tomonidan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash, mamlakat ommaviy axborot vositalarini jadal rivojlantirish, respublikada axborot jamiyatini shakllantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi yagona davlat axborot siyosati konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi yagona davlat axborot siyosatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

fuqarolarning soʻz erkinligi va axborotdan foydalanishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslarini Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-gumanitar rivojlanishi toʻgʻrisida xolis axborot bilan taʼminlash;

milliy ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, ular uchun media bozorda teng sharoitlar yaratish, jurnalistlar va blogerlarning huquqlarini himoya qilish, milliy axborot resurslaridan samarali foydalanish va ulardan erkin foydalanishni taʼminlash, ularning sonini koʻpaytirish, Oʻzbekiston axborot sohasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot xizmatlarining imkoniyatlari va salohiyatini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik orqali ularning ochiqligi darajasini oshirish, fuqarolar, jamiyat va davlatning axborot ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborotni taqdim etishning yangi kanallari va usullaridan foydalanish;

axborot sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, tizimli asosda aholiga mediataʼlimni joriy etish va mediasavodxonligini oshirish;
axborot texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash va jinoyatlarni oldini olish;

Oʻzbekistonda innovatsion bilim va texnologiyalar negizida axborot jamiyatini shakllantirish, axborot xizmatlari sohasi samaradorligini oshirish, mamlakatni global axborot makoniga uygʻunlashuvi va integratsiyasi orqali xalqaro axborot almashinuvi sohasida oʻrnini mustahkamlash;

axborot-telekommunikatsiya sanoati va infratuzilmasini modernizatsiya qilish, axborot yaratish, tarqatish va ulardan foydalanishni taʼminlovchi axborot texnologiyalarini rivojlantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni hisobga olgan holda milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, axborot jamiyatini qurishning zarur meʼyoriy-huquqiy bazasini shakllantirish.

OʻzA