O‘MON TIV BOSH KOTIBI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-O‘mon Hukumatlararo komissiyasi hamraisi Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida ikki davlatning manfaatdor vazirlik va idoralari nufuzli delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-O‘mon Hukumatlararo komissiyasining uchinchi yig‘ilishi yakunlari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi almashinuvlarni va an’anaviy aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklariga urg‘u berdilar. Shu nuqtai nazardan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi tamal toshini qo‘yishda O‘mon delegatsiyasi ishtiroki chuqur ramziy ma’noga ega.
Uchrashuvda O‘mon Elchisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavatiy ishtirok etdi.