Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’TGAN DAVR MOBAYNIDA MAHALLIYLASHTILGAN MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH HAJMI QARIYB 3 MARTA OSHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'TGAN DAVR MOBAYNIDA MAHALLIYLASHTILGAN MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH HAJMI QARIYB 3 MARTA OSHDI

Mamlakatimizda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo’yicha qabul qilinayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2010-2016 yillarda 1948 ta mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi. Buning natijasida 7,6 mlrd. AQSH dollari miqdorida import o’rnini bosuvchi mahsulot tayorlandi. Sohaga oid masalalar joriy yilning 22 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo’lib o’tagan davra suhbatida batafsil ko’rib chiqildi.

O’zLiDeP fraksiyasining tashabbusi bilan Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish holati, amaliyoti va istiqbollari muhokama qilindi.

Deputatlar amalga oshirilgan sa’yi-harakatlar tufayli o’tgan davr mobaynida mahalliylashtilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi qariyb 3 marta oshgani nafaqat iqtisodiy manfaatdorlikni ta’minlash balki, ijtimoiy masalalar, ya’ni 13 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratishga xizmat qilganini alohida qayd etdilar.

Yig’ilish ishtirokchilari tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sohasidagi ijobiy izchil o’sish ko’rsatkichlari yuzlab yuksak texnologiyali sanoat ishlab chiqarishini yaratishda, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o’sishi va YAIM o’sish sur’atlarida, ichki talab shakllanishi va bozorning zarur sanoat hamda iste’mol tovarlari bilan to’lishi va eksport salohiyati ortib import hajmlari kamayganidao’z aksini topganligi haqida fikr yuritishdi.

Shu bilan birga, ushbu sohaning yanada jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ayrim foydalanilmagan zaxiralar va imkoniyatlarni ishga solish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, deputatlar mahalliylashtirish dasturi xususiyatlari, dastur doirasida beriladigan soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari," dasturga kiritish mexanizmlari haqida tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilish lozimligiga e’tibor karatdilar. Ishlab chiqarishni tashkil etishda va mahsulotni realizatsiya qilishda ortiqcha texnik to’siqlarni bartaraf etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish jarayonida tadbirkorlarda paydo bo’layotgan masalalrnii yanada tezkor yechish muhimligi ta’kidlandi.

Davra suhbati yakuni bo’yicha muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

UzReport