Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’TGAN HAFTA FOND BOZORIDA 837 MING DONA AKSIYA SOTILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'TGAN HAFTA FOND BOZORIDA 837 MING DONA AKSIYA SOTILDI

Shu yilning 6 - 10 mart kunlari «Toshkent» Respublika fond birjasi savdolarida 11 ta aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog’ozlari bilan 32 ta bitim tuzilib, 837 ming dona aksiya 1,2 mlrd. so’mga sotildi. Tahlillar jami savdo aylanmasining 97,9 % tijorat banklarining qimmatli qog’ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo’lganini ko’rsatdi.

Eng yirik bitim 6 mart kuni «Turkiston» ATB bilan tuzildi va bankning 676,5 ming dona aksiyasi 676,5 mln. so’mga sotildi.

Hafta davomida savdo aylanmasi hajmi yuqori bo’lgan emitentlar TOP - 5 taligidan «Turkiston» ATB (haftalik savdo aylanmasining – 56,3 %), «Ipoteka-bank» ATB (41,6 %), «Marg’’ilon Fayz savdo kompleksi» AJ (1,5 %), «Andijon biokimyo zavodi» AJ (0,24 %) va «ELEKTRTARMOQQURILISH» AJlari (0,23 %) o’rin oldi. Bu haftalik savdo aylanmasining 99,8 %ni tashkil etdi.

O’tgan hafta fond birjasida respublikamizning 5 ta hududida joylashgan listing kompaniyalari qimmatli qog’ozlari bilan savdo bitimlari imzolandi. Birja bitimlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahridagi (98,2 %) aksiyadorlik jamiyatlari hisobiga to’g’ri keldi.

Shuningdek, o’tgan haftada investorlar toifasiga ko’ra birja savdolarida jismoniy shaxslar faolligi kuzatilib, tuzilgan umumiy bitimlar hajmining – 58,4 % aynan ular hissasiga to’g’ri keldi. Tahlillarga ko’ra, investor sifatida jismoniy shaxslar ko’proq tijorat banklari aksiyalariga katta qiziqish bildirgan (96,4 %).

Umuman yil boshidan buyon fond birjasida 17,6 mlrd. so’mlik 373 ta savdo bitimi qayd etildi. Unga ko’ra, birja savdolarida 46 ta emitentning 26,4 mln. dona qimmatli qog’ozlari sotilgan.

UzReport