Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZARO HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZARO HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev taklifiga binoan 5-6-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning Ala-Archa qarorgohida 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalarni kengaytirish, istiqbolda amalga oshiriladigan hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.

Muloqotda "O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy" temir yo‘li magistrali loyihasi qisqa muddatlarda amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekani ta’kidlandi. Bu mintaqada ichki tovar aylanmasining o‘sishi va Markaziy Osiyoning "Sharq – G‘arb" yo‘nalishi bo‘yicha manfaatli tranzit bo‘g‘ini sifatidagi jozibadorligini oshirishi qayd etildi.

Mintaqa va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradigan hamda ularning iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydigan "O‘zbekiston – Qirg‘iziston –Xitoy" yangi avtomobil yo‘lagini shakllantirish muhimligi e’tirof etildi.

2017-yilning o‘tgan davrida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 60 foiz o‘sib, 150 million dollarni tashkil qildi. Muzokaralarda bu ko‘rsatkichni yaqin yillarda 500 million dollarga yetkazish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomani imzoladilar.

Azaldan yonma-yon, hamjihat yashab kelayotgan o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning yaqin qarindoshlik asosidagi o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lida zarur bo‘ladigan barcha shart-sharoitni yaratish uchun bor imkoniyat va salohiyatimizni ishga solamiz, dedi davlatimiz rahbari.

Andijon va O‘sh shaharlari o‘rtasida imzolangan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zining dolzarbligi bilan tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim soha vakillarining o‘zaro tajriba almashishi uchun muhim qadam bo‘ldi. Tashrif doirasida bir guruh tadbirkor yurtdoshlarimiz Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda qatnashdi. Ular Qirg‘izistonda biznes vakillariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish jarayonida o‘zlariga ishonchli hamkorlar ham topdi.

Ikki davlat tadbirkorlari hech qanday to‘siqlarsiz doimiy muloqot qilishlari kerak. Ularning samarali hamkorlik qilishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Bu borada qo‘yilgan qadamlar, albatta, o‘z natijalarini beradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘z navbatida, Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi ikki davlat do‘stlik munosabatlarida yangi istiqbollar ochgan tarixiy voqea bo‘lib, ko‘plab dolzarb masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etgani, qardosh xalqlarimiz munosabatida yangi davr, yangi bosqichni boshlab berganini alohida ta’kidladi.

Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida imzolangan memorandum tashrifning ikkinchi kunida amaliy harakatlar bilan mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbari o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshining raisi Chinibay Tursunbekovni qabul qildi.

Ko‘p asrlar davomida shakllangan do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yuksak qadrlaymiz. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch asosiga qurilgan hamkorlikni rivojlantirish tashqi siyosatimizning muhim yo‘nalishlaridan biridir, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi kunda O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari barcha sohalarda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Prezidentimiz tashrifi davomida imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma ana shu hamkorlikning yorqin namunasidir. Endilikda ikki davlat parlamentlari oldida bu tarixiy hujjatni ratifikatsiya qilish va huquqiy jihatdan mustahkamlash vazifasi turibdi.

Parlamentlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshida alohida parlament guruhi tuzildi.

Davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi raisini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif etdi.

Bundan tashqari, imzolangan muhim hujjatlar ikki davlatning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda azaliy do‘stlik va hamjihatlik asosiga qurilgan aloqalarining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakovni qabul qildi va uni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Bu mas’uliyatli lavozimda Sizga omad tilab, davlatlarimiz o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosini amaliyotga samarali tatbiq etishda bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz, deb ishonamiz, dedi Prezidentimiz.

Sapar Isakov Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davlatlarimizning o‘zaro manfaatli hamkorligida yangi bosqichni boshlab berganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjatlar ikki xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, uni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Davlatimiz rahbarining Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "Manas" xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev kuzatib qo‘ydi.

Toshkent – Bishkek – Toshkent

O’zA