O’ZBEK BOKSCHILARINING XALQARO MAYDONDAGI MUVAFAQQIYATLI CHIQISHLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Rossiyaning Dog’iston Respublikasida boks bo’yicha xalqaro turnir bo’lib o’tdi. Unda dunyoning 16 mamlakatidan 198 nafar bokschi ishtirok etdi, deb xabar beradi O’zbekiston Boks federatsiyasi.
Milliy terma jamoamiz turnirda muvafaqqiyatli qatnashdi. Xususan, final jangida Abdulhay Shorahmatov (56kg. gacha) 3:0 hisobi bilan Rossiyalik Ahmed Abdullayevni mag’lub etib oltin medalni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston jamoasi hisobida bir oltin, besh kumush va bir bronza medali bilan ikkinchi o’rinni egalladi. Rossiya turnir peshqadami bo’ldi. Xitoy terma jamoasiga esa uchinchi o’rin nasib etdi.
“Jahon” AA