O’ZBEK DASTURCHILARI "UCHENIK.UZ" ELEKTRON KUNDALIGINI ISHLAB CHIQDILAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"LISTIMEI" ma’suliyati cheklangan jamiyati dasturchilari "Uchenik.uz" elektron kundaligini ishlab chiqdilar, deya xabar beradi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.
Mazkur kundalik oddiy kundalik bo’lib, uni endilikda bevosita uyali aloqa, SMS va internet orqali ko’rish mumkin. Har bir sinf uchun jadvalni chop etish; o’quvchilar bo’yicha o’zlashtirish statistikasi va qiyosiy jadvallar va grafiklar; maktab haqidagi axborotni nashr etish; o’quvchi kundaligini yuritish (shu jumladan, uy vazifalari va baholar); ota-onalarni SMS va e-mail orqali xabardor qilish; kundalik statistika va har bir o`quvchining darsga kelish hisobini yuritish elektron kundalikning asosiy funksional imkoniyatidir.
Mahsulot maktabda server o’rnatilishini yoki qo’shimcha dasturiy ta’minot sotib olinishini talab qilmaydi. Barcha ishlar internet tarmog’i orqali o’tadi. Barcha loyiha qatnashchilari kundalik hisobotlarga ega bo’lish uchun faqat Internet tarmog’iga kirish imkoniga yoki uyali aloqa vositasiga ega bo’lishlari kerak.
Ayni vaqtda "Elektronniy kundalik" xizmati foydalanuvchilarni to’rt kesimga ajratadi: o’quvchi, ota-ona, o’qituvchi, maktab ma’muriyati. Barcha kesimlar noyob. Ular shaxsan dasturchilar tomondan beriladigan parollar bilan himoyalangan. Har bir foydalanuvchi shaxsan o’ziga tegishli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. Boshqa foydalanuvchilar ma’lumotlarini ko’rish imkoniyati yo`q. Masalan, ota-ona faqat o’z farzandining bahosini ko’rishi, o’qituvchi esa faqat o’zining sinflarini nazorat qilishi mumkin.
“Jahon” AA