O’ZBEK FERMERLARI “LIBRAMONT - 2015” XALQARO KO’RGAZMASIDA QATNASHADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil 24-27 iyul kunlari Belgiyaning Libramon shahrida an’anaviy “Libramont - 2015” xalqaro qishloq xo’jaligi va parrandachilik mahsulotlari ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.
Yevropadagi eng yirik anjumanlardan biri hisoblanadigan mazkur ko’rgazmada qishloq va o’rmonchilik xo’jaligi, chorvachilik sohasiga ixtisoslashtirilgan yetakchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan rang-barang mahsulotlar, texnologiya va asbob-uskunalar dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan xaridorlarning e’tiboriga havola qilinadi.
Ko’rgazma har yili muayyan sohaga bag’ishlanadi. Joriy yil sakson birinchi marotaba o’tkaziladigan ushbu xalqaro tadbirda Belgiya va Yevropaning 1800 yetakchi fermerlari - chorvadorlar va qishloq xo’jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari 80 ming kvadrat metr sahnda o’z mahsulotlarini namoyish qilishadi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, har yili 200 ming nafardan ziyod kishi, shu jumladan, xalqaro delegatsiyalarning 4 ming nafar a’zosi mazkur ko’rgazma ishi bilan tanishadi.
“Libramont” doirasida simpoziumlar, seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar o’tkazilishi ham an’anaga aylangan. Ularda soha ekspertlari, yetakchi konsernlar, kompaniyalarning top-menejerlari hamda qishloq xo’jaligi va chorvachilik boshqaruvi idoralarining rahbarlari ishtirok etishadi.
Ushbu nufuzli yarmarka ishida qariyb 20 fermerlik xo’jaliklarining rahbarlari va vakillaridan iborat bo’lgan O’zbekiston fermerlari delegatsiyasi ham qatnashadi. O’z-o’zidan ayonki, asosiy e’tibor namoyish etilayotgan mahsulotlar bilan tanishishga, qishloq xo’jaligi sohasi rivoji uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish imkonini beruvchi uzoq muddatli hamkorlikni yo’lga qo’yish bilan bog’liq masalalarga qaratiladi.
«Jahon» AA, Bryussel