O’ZBEK HUJJATLI FILMLARI AQSHDA NAMOYISH ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nyu-York shahrida joylashgan AQSH va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi markazida “Toshkent - televideniya vatani” va “Agar sen haq bo’lsang” hujjatli filmlari hamda mamlakatmizda chop etiladigan “O’zbekiston san’ati” jurnalining taqdimotlari bo’lib o’tdi.
Tadbirda AQSH telekompaniya, OAV va bosma nashrlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Taqdimot chog’ida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan huquqiy demokratik davlat barpo qilishda mamlakatimiz qo’lga kiritgan muvafaqqiyatlar, milliy televideniyamiz yutuqlari, shuningdek, milliy san’at va madaniyatni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish haqidagi batafsil malumot ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimiz tarixan qisqa davr ichida salmoqli yutuqlarga erishganini ta’kidlab o’tdilar. Ekspertlar yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo va dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdilar.
Mamlakatimizning boy tarixiy merosi va zamonaviy sayyohlik sanoati haqida ma’lumot beruvchi turli axborot materiallari va broshyuralar taqdimot ishtirokchilari va mehmonlar orasida tarqatildi.
“Jahon” AA, Nyu-York