O’ZBEK KURASHI XVIII YOZGI OSIYO O’YINLARI DASTURIGA KIRITILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqimizning milliy sport turi - kurash 2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o’tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o’yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashining Ashxobod shahrida o’tkazilgan navbatdagi Bosh assambleyasida e’lon qilindi.
— Bugun Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va ushbu sport turining ixlosmandlari uchun tarixiy kun, - dedi Osiyo kurash konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo olimpiya kengashi Osiyo o’yinlari departamenti direktori Haydar Farmon. - Kurashning XVIII yozgi Osiyo o’yinlari dasturiga rasman kiritilishi mazkur sport turini nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda yanada taraqqiy ettirish va keng ommalashtirishda yangi davrni boshlab beradi.
Ma’lumki, Uch ming yillik tarixga ega o’zbek kurashi mustaqillik yillarida yangi bosqichga ko’tarildi. Davlatimiz rahbarining 1999-yil 1-fevraldagi “Xalqaro Kurash assotsiatsiyasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi farmoni milliy sportimiz rivojida muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Endi kurash biryo’la uchta nufuzli musobaqa - 2016-yili Vyetnamda o’tadigan Osiyo sohil o’yinlari, 2017-yili Turkmanistonda bo’ladigan yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo’yicha Osiyo o’yinlari hamda 2018-yili Indoneziya mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o’yinlari dasturidan joy oldi.