Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI MUZEYI YANA FAOLIYAT BOSHLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI MUZEYI YANA FAOLIYAT BOSHLADI

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mazkur jamoa tarixi va ijod yo‘li, atoqli san’at namoyandalari tomonidan sahnalashtirilgan hamda ijro etilgan asarlar, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi muzey tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov va boshqalar mamlakatimizda mustaqillik yillarida madaniy-ma’rifiy sohada, jumladan, teatr sohasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Vatanimiz mustaqilligining 10-yilligi arafasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbek davlat akademik drama teatri binosini rekonstruksiya qilish tashabbusini ilgari surdi va mahobatli koshona yangi qiyofada chiroy ochdi. 2001-yil 30-avgust kuni ana shu san’at koshonasining ochilish marosimida nutq so‘zlagan davlatimiz rahbari teatrning shonli tarixiga yuqori baho berdi, o‘zbek teatr san’atini yuksak pog‘onalarga ko‘targan, buyuk san’atkorlarni yetkazib bergan ushbu qutlug‘ dargohga “Milliy teatr” maqomini berishni taklif etdi. Bu taklif jamoatchiligimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, 2001-yil 21-sentabrda Birinchi Prezidentimizning “Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga "Milliy teatr" maqomini berish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.

Bu e’tirof va e’tibor teatr jamoasini yanada katta mas’uliyat bilan ijod qilishga, milliy istiqlol g‘oyalari ruhida yuksak saviyali asarlar yaratishga undadi. Teatr rejissyorlari tomonidan o‘tgan yillar davomida 100 ga yaqin asar sahnalashtirilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ ajdodlarimiz hayoti va faoliyati yoritilgan dramatik asarlar sahnalashtirildi.

2014-yilda teatrning yuz yillik yubiley to‘yi nishonlandi, ijodiy jamoa vakillari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

So‘nggi yillarda sahnalashtirilgan Hamid Olimjonning «Semurg‘», Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy», Izzat Sultonning «Imon», Maqsud Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek», O‘lmas Umarbekovning «Kuzgi maktublar», Chingiz Aytmatovning «Momo yer» kabi asarlari tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.

– Muzeyimiz qaytadan qisqa muddat – uch oy ichida tashkil qilindi, – deydi O‘zbek Milliy akademik drama teatri muzeyi direktori Gulnora Sodiqova. – Bu yerda 1914-yildan bugungi kunga qadar teatr hayotidan hikoya qiluvchi fotoasarlar, turli rollarni talqin etgan san’atkorlar obrazlari o‘rin olgan. Muzeyimiz beshta bo‘limdan iborat bo‘lib, yillar kesimida taqsimlanadi. Kelajakda eksponatlar sonini yanada ko‘paytirish, qo‘yiladigan asarlar ko‘lamini kengaytirishni maqsad qilganmiz.

O‘zbek Milliy akademik drama teatri muzeyidan teatr faoliyatidagi unutilmas tarixiy voqealarni aks ettiruvchi videolavhalar ham o‘rin olgan.

O‘zA