O’ZBEK MILLIY LIBOSLARI UKRAINA MODALAR SHOHSUPASIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Kiyevda o’tgan dunyo mamlakatlari milliy liboslari namoyish etilgan “OUTLOOK SHOW: Fashion of the Nation” ko’rgazmasida o’zbek liboslari va mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlari taqdimoti o’tkazildi.
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti huzuridagi Xalqaro munosabatlar instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda 20 dan ziyod xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, Ukrainada istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillari hamda OAV jurnalistlari qatnashdilar.
Namoyish dunyo xalqlarining an’analarini ommalashtirish, do’stona munosabatlar asoslari va madaniyatlarning o’zaro anglashinuvini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir mehmonlarida mamlakatimizning Buxoro va Samarqand viloyatlari udumlariga mos bo’lgan kelinchaklarning an’anaviy liboslari katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, O’zbekistonning har bir hududi o’ziga xos usulda tayyorlangan milliy loboslarga ega ekani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari O’zbekistonda qabul qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi ijrosining borishi va mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
“Jahon” AA, Kiyev